Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Dehqonobod tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri oʼtkazildi.
Tadbir davomida Dehqonobod davlat oʼrmon xoʼjaligi "Kon" o‘rmon boʼlimining "Suvlisoy" massivi hududida tabiiy holda oʼsgan 6 tup Zarafshon archasi tag qismidan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlanganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan oʼrmon qoʼriqchisi R.J.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi, 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 300 ming jarima qoʼllanildi.
Tabiatga yetkazilgan 18 mln 84 ming soʼm zararni undirish maqsadida hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, Dehqonobod Davlat oʼrmon xoʼjaligiga oʼtkazildi.