O‘rtachirchiqda noqonuniy baliq ovlagan fuqaro jarimaga tortildi
18.
10. 2023
15:52
2341
News

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi davlat inspektorlari tomonidan Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv omborida brokonyerlikka karshi kurash bo'yicha navbatdagi monitoring va nazorat tadbirlari tadbirlari o'tkazildi.

“Golden Fish Grup” MCHJ qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Tuyabo‘g‘iz suv omborida baliq ovlovchilarga davlat ispektorlari tomonidan noqonuniy usullar va taqiqlangan qurollar bilan ov qilmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Reyd natijasida noqonuniy ov qilgan bir nafar huquqbuzarga MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 million 300 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek, suv omboriga no’malum shaxslar tomonidan qo‘yilgan 1000 metr leskali to‘rlar davlat inspektorlari tomonidan yig‘ib olinib, to‘rga ilingan baliqlar suvga qo‘yib yuborildi.

Useful resources