2019 yilning 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat (O‘zbekiston va Afg‘oniston) chegarasi hududidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bir bosh Buxoro bug‘isi (xongul) Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Ayritom” mahallasi hududiga o‘tib, mahalliy aholining xonadoniga kirib qolgan.
Mazkur hodisaning guvohi bo‘lgan mahalliy fuqarolar Bozorov Sardor, Xudoyberdiev Botir, Bexruz Raxmonovlar viloyat IIB YXXBga xabar berishgan. O‘z navbatida IIB xodimi Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan bog‘lanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar bir bosh Buxoro bug‘isi Termiz hayvonot bog‘iga vaqtinchalik saqlash uchun topshirilib, hayvonot bog‘ining maxsus hayvonlarni saqlash joyiga joylashtirilib, veterinarlar tomonidan nazoratga olindi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati