Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida Navoiy shahar fuqarosi H.F. Navbahor tuman «Uch-tut» massivi hududidan o‘tuvchi Zarafshon daryosining muhofaza zonasida joylashgan baliqchilik havzasini qazish jarayonida hosil bo‘lgan qum-shag‘al aralashmasini sotish maqsadida to‘playotganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-modda 1-qismi bilan 2 230 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima chorasi qo‘llanildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati