Navoiy viloyati: Uchquduqda huquqbuzar qo‘lga tushdi
04.
05. 2020
14:57
6245
Econadzor

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Uchquduq tuman inspektsiyasi tomonidan reydlar o‘tkazilib, unda chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan shaxslar «ushlanmoqda». Huquqbuzarlikni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Uchquduq tuman inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd davomida fuqaro S.A. uy ta’miridan hosil bo‘lgan qurilish chiqindilarini qoplarga joylagan holda belgilanmagan joyga tashlagani aniqlandi.

Huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.

Aziz yurtdoshlar! Sanitar tozalash xizmati xodimlari mehnatining qadriga yetaylik! Zero, ular qat’iy karantin vaqtida tibbiyot, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan bir qatorda tunu kun mehnat qilmoqdalar!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources