Xorazm viloyati, Urganch tumani. Munosabat
03.
07. 2020
16:00
6908
Econadzor

Kun.uz saytida «Urganch tuman aholisi chiqindi poligonining badbo‘y tutuni va sassiq hididan aziyat chekmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilingan edi.

Mazkur holatni bartaraf qilish maqsadida Oliy Majlis senati Agrar, Suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi B.Tojiev, Oliy Majlis Konunchilik palatasi deputati K.Jumaniyozov, senator U.Sharipov, Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i A.Qlichev, Urganch tuman hokimligi mutasaddilari, tegishli viloyat va tuman tashkilot rahbarlari, «Cho‘lobod» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va ushbu mahallada yashovchi fuqarolar ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida «Urganch Avto Eko Trans» MChJga qarashli chiqindi poligonida chiqindilarning yonib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va atmosfera havosini zararli gazlar, tutun bilan ifloslantirmaslik bo‘yicha maxsus ishchi guruh shakllantirildi va rekultivatsiya ishlari boshlandi.


 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources