Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi ekologik reyd nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat tadbiri davomida Qarshi shahar hududidan fuqaro O.K. tomonidan bir bosh qush bolasi olib yurganligi holati aniqlandi. Inspektorlar tomonidan qush bolasi ko‘zdan kechirilganda tosh qirg‘iy bolasi ekanligi aniqlandi.
Tabiat jonkuyarlari tomonidan bir bosh tosh qirg‘iy bolasi Shaxrisabz shahrida joylashgan xususiy zootsirkga dalolatnoma tuzgan xolda topshirildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati