Shu kunlarda, Bulung‘ur tumanida 100 yoshdan oshgan daraxt va butalarni aniqlash hamda davlat muhofazasiga olish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tuman inspektsiyasi tomonidan 2020 yil 9 sentyabr kuni tumanda olib borilgan o‘rganishlar natijasida “Ho‘jamazgil” MFY, “Farmontepa” qishlog‘idagi tuman xalq ta’limiga qarashli 41-umumta’lim maktabi hududida 1 ta 115 yoshga kirgan Qatrong‘i daraxti va maktab atrofidagi 11 ta 100 yoshdan oshgan tut daraxtlari borligi aniqlandi.
Qatrong‘i - ruscha nomlanishi Karkas kavkazskiy, lotincha Celtis caucasica. Tog‘li xududlarda keng tarqalgan, yakka-yakka tarzda o‘sadi, qurg‘oqchilikka juda chidamli, mevasi dorivor.
Soha mutaxassislari tomonidan ushbu daraxtlar alohida davlat muhofazasiga olindi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati