Toshkent shahri, Yashnobod tumani. Murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilmoqda
10.
03. 2021
17:12
5179
News

Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi aholi murojaatlariga o‘z vaqtida belgilangan tartibda munosabat bildirib kelmoqda. Jumladan, bugun, ya’ni joriy yilning 9 mart kuni poytaxtimizning Yashnobod tumani hududida noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat kelib tushdi.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida boshqarma rahbariyati tomonidan tezkor ishchi guruhi tuzilib, murojaatda qayd etilgan manzilda batafsil o‘rganish ishlari olib borildi. Olib borilgan dastlabki o‘rganish ishlari natijasiga ko‘ra, tumanning Boyqo‘rg‘on mahallasi, Qamashi ko‘chasidagi 35 uyda yashovchi fuqaro R. Z. tomonidan bir tup eman daraxtini butalaganligi aniqlandi. Dastlabki surishtiruv natijasiga ko‘ra, ushbu hudud Yashnobod tumani Xokimining tegishli qarori asosida bu fuqaroga biriktirilganligi aniqlandi.

Ishchi guruh tomonidan Ergeodezkadastr tuman bo‘limiga qonuniyligini tekshirish maqsadida savolnoma yuborildi. Ma’lumotnoma to‘liq olinmagunga qadar daraxtga tegmaslik yuzasidan fuqarodan kafolat xati olinganligini ma’lum qilamiz.

Toshkent viloyati O‘ngqo‘rg‘on mahallasi

Toshkent viloyati O‘ngqo‘rg‘on mahallasi

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni
muhofaza qilish boshqarmasi
Matbuot xizmati

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 

Useful resources