Buxoroda jayron ovlagan shaxslar qo‘lga olindi
27.
08. 2019
13:44
8539
News

Buxoro viloyat ekologiya va atrof-muxitni muxofaza qilish boshqarmasi shuni yozib ma’lum qiladiki, 9204-xarbiy qism xizmatchilari tomonidan 2019 yil 24 avgust kuni Qorako‘l tuman Bandboshi maxalla fuqarolar yig‘ini cho‘l xududining Sarali qudug‘i oldidan  UAZ rusumli davlat raqami 80 R262 HA bo‘lgan avtomashinada kuchli yoritgich asbobi yordamida noqonuniy ov qilib yurgan 4 nafar xuquqbuzarlar to‘xtatilgan.

Xuquqbuzarlar o‘zlarini Qorako‘l tuman «Qoraxoji» maxalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sayilxonov O‘ktam, Murodov Javlon, Murodov Jumaboy va Jo‘raev Nabilar deb tanishtirdilar.  Xuquqbuzarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 2 (ikki) bosh jayron otilgan.

Xarbiy qism xizmatchilari tomonidan noqonuniy ov qilish bo‘yicha qonuniy xujjatlarni rasmiylashtirish uchun viloyat ekologiya va atrof-muxitni muxofaza qilish boshqarmasiga murojaat etilgan. Ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlari voqea joyiga borib xuquqbuzarlardan tushuntirish xatlarini olib dalolatnoma va bayonnomalarni rasmiylashtirganlar.

Xususan Xuquqbuzarlarga tegishli ov qurollari, o‘q dorilar, kuchli yoritgich asbobi va UAZ rusumli davlat raqami 80 R 262 HA bo‘lgan avtomashina Qorako‘l tuman IIB xodimlariga topshirildi. Noqonuniy ovlangan 2 (ikki) bosh Jayron qonuniy chora ko‘rilgunga qadar «Buxoro go‘sht-sut savdo» aktsiyadorlik jamiyatining muzlatgichida vaqtinchalik saqlashga topshirilgan.

Xuquqbuzarlarning xatti-xarakatida jinoyat alomatlari borligi sababli, tergov surishtiruv xarakatlarini olib borish va xuquqbuzarlarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida chora ko‘rish maqsadida  ushbu xuquqbuzarlik bo‘yicha yig‘ilgan xujjatlar to‘plami Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasiga yuborildi.



Useful resources