Buxoroda jayron ovlagan shaxslar qo‘lga olindi
27.
08. 2019
13:44
8538
Yangiliklar

Buxoro viloyat ekologiya va atrof-muxitni muxofaza qilish boshqarmasi inspektorlari hamda XXXX-harbiy qism xizmatchilari 24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi uch dona ov quroli hamda kuchli yoritish quvvatiga ega projektorlardan foydalangan holda tumanning Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan 2 bosh jayronni ovlagan 5 nafar fuqaro to‘xtatildi.

Xuquqbuzarlar o‘zlarini Qorako‘l tuman «Qoraxoji» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sayilxonov O‘ktam, Murodov Javlon, Murodov Jumaboy va Jo‘raev Nabilar deb tanishtirdilar.  Huquqbuzarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 2 bosh jayron otilgan.

Buxoro viloyat ekologiya va atrof-muxitni muxofaza qilish boshqarmasi inspektorlari hamda XXXX-harbiy qism xizmatchilari tomonidan tegishli materiallar rasmiylashtirilgan.

Huquqbuzarlarning xatti-harakatida jinoyat alomatlari borligi sababli tergov surishtiruv harakatlarini olib borish va huquqbuzarlarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida chora ko‘rish maqsadida  yig‘ilgan hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Mazkur holat yuzasidan yakuniy ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.




 

Foydali manbalar