Andijon viloyati: noqonuniy foydali qazilmalarni qazib olayotgan shaxslar ushlandi
04.
11. 2019
15:22
6345
News

Andijon viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish  boshqarmasi, «Xavfsiz daryo» DUK, Andijon tuman IIB xodimlari tomonidan joriy yilning 31 oktyabr kuni  o‘tkazilgan tezkor nazorat reyd davomida Qoradaryoning Oltinko‘l tumani «Saroy» daxasi hududidan oqib o‘tuvchi o‘zan qismidan fuqaro M.M. tomonidan noqonuniy ravishda keng tarqalgan foydali qazilma boyliklarini (shag‘al)  shaxsiy ekskavator yordamida transport vositalariga yuklayotganligi aniqlandi.

Fuqaro M.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining MJtK ning tegishli moddalari bilan 6 mln. 690 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilib, qazishda foydalanilgan texnika vositalari daryo o‘zanidan chiqarib yuborildi.

 

Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources