«Instagram»dagi vishildoq oqqushi yuzasidan axborot
29.
11. 2019
20:11
7937
News

26-27 noyabr kunlari ijtimoiy tarmoqlarda, xususan «Instagram»da «gafurovskiy.95» nomi ostidagi foydalanuvchi tomonidan 1 bosh tulki, 1 bosh quyon, 3 bosh qo‘ng‘ir kaptar hamda O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan 1 bosh vishildoq oqqushni (lebed shipun − Cygnus olor) ushlab turgan holdagi fotosurati keng tarqalib ketdi.

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan.

Vazirlar Mahkamasining «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruhsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida»gi 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qarori asosan yuqorida bayon etilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi natijasida hayvonot dunyosiga 12 822 500 so‘m (o‘n  ikki million sakkiz yigirma ikki ming besh yuz) miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlandi.

To‘plangan barcha materillar, shu jumladan fotosur’atlar huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroning shaxsini aniqlash hamda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.
 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources