O‘zbekiston – Estoniya: Kelishuv amaliy natijalarga asos bo‘ladi
18.
09. 2019
14:08
5850
Yangiliklar

2019 yilning 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Estoniyaning «IMECC» ilmiy-izlanish markazi raisi Tыnu Lelumees va «MEGA THERM» kompaniyasi direktori Priyt Vyarnomazing boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasiga yangi texnologiyalarni tatbiq etish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish avvalida Davlat Ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari H.Husanov yurtimizda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib o‘tdi. U bu borada mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish zarur ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ushbu masala yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashindi.

Shuningdek, yig‘ilishda turar va noturar joylar uchun yer osti issiqlik manbai ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish ham alohida e’tirof etildi.

Ikki tomonlama muloqot asnosida respublikada qattiq maishiy chiqindilarni kuydirish uchun termik qayta ishlab chiqarishni tatbiq etish masalasini hududlararo miqyosda o‘rganish lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv so‘nggida sohaga doir hamkorlikni amalga oshirish borasida kelishib olindi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



 

Foydali manbalar