“Toza havo – millat salomatligi garovidir” shiori ostida “Havo xavfsizligi sohasida innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish” mavzusida ishchi seminar treningning 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi
31.
01. 2019
17:20
6733
Yangiliklar

Joriy yil 31 yanvar kuni Toshkent shahridagi «Le Grande Plaza» mehmonxonasi majlislar zalida “Toza havo – millat salomatligi garovidir” shiori ostida “Havo xavfsizligi sohasida innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish” mavzusida ishchi seminar treningning 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Rossiya federatsiyasining “Sov Plim” kompaniyasining O‘zbekistondagi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari, atmsofera havosini muhofaza qilish hududiy bo‘limlari boshliqlari, atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringini amalga oshiruvchi sohasi mutaxassislari, “Sov Plim” MCHJ QK mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Evropa uchun Iqtisodiy Komissiyasining taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasini “Uzoq masofaga transchegaraviy havoning ifloslanishi to‘g‘risidagi Konvensiya”ga qo‘shilishi jarayoniga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi bo‘yicha seminar ishtirokchilariga ma’lumotlar berildi. Belgilangan xalqaro shartnomaga qo‘shilish uchun ifloslantiruvchi moddalarni darajasini tahlil qilish va ularni o‘zgartirish tendensiyasi amalga oshiriladi.

Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlanishini kamaytirish va atrof muhit holatini sag‘lomlashtirishini yaxshilash bo‘yicha halqaro majburiyatlarga rioya qilish uchun milliy siyosat va strategiyalarni amalga oshirish doirasi va natijalari baholanmoqda.

Mamlakatda mavjud korxonalarning chang-gaz tozalash uskunalarining holati tahlil qilinganida, ularning aksariyati 10 yildan ortiq vaqt davomida ishlatilganligi va bugungi kunda jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirganligini ko‘rsatilmoqda.

Havoni ifloslanish darajasini pasaytirish uchun turli xil sanoat korxonalarida zamonaviy, yuqori samarali chang-gaz tozalash uskunalari, shuningdek ularni nazorat qilish vositalari bilan jixozlanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu munosabat bilan respublikaning barcha sanoat korxonalarida mavjud bo‘lgan chang-gaz tozalash uskunalarini yangilash, atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning miqdorini kamaytirilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi e’tirof etimoqda.

Ta’kidlanganidek, “SovPlim” kompaniyasi, Respublikaning ishlab chiqarish korxonalarida eskirgan chang-gaz tozalash inshootlarini yangilash, uskunalarni etkazib berish, turli xil shamollatish tizimlarini, havoni tozalash aspiratsiya va changni tozalash tizimlarini, atrof-muhit monitoringi va muhofaza qilish tizimlarini, payvandlash va kesish uchastkalarini, shuningdek boshqa ishlab chiqarish va ishlab chiqarish uchastkalariga o‘z xizmatlarini taklif etish va uskunalarini etkazib beradigan Rossiyaning etakchi halqaro ishlab chiqarish kompaniyasi hisoblanadi.

Маълумот учун: «СовПлим» компанияси 1989 йилда Санкт-Петербургдаги швед компанияси «PLYMOVENT» билан ҳамкорликда вентеляция ускуналарини ишлаб чиқариш ва Россиянинг корхоналарига етказиб бериш фаолиятини йўлга қўйган.

«СовПлим» компанияси томонидан импорт қилинган барча жиҳозлар ҳалқаро талабларга жавоб берадиган ишончли корхоналар томонидан ишлаб чиқарилган.

2018 йилда «СовПлим» компанияси “2017 йилда Россиянинг энг яхши корхонаси” унвонини олган ва ишлаб чиқарилган махсулотларнинг сифати учун “Сифат юлдузи” билан тақдирланган.

Foydali manbalar