Sanitar tozalash sohasida ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish Bosh boshqarmasining asosiy vazifalari, funktsiyalari:

Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-son Farmoniga asosan Ko‘mitaga yuklangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat ko‘mitasining markaziy apparatidagi sanitar tozalash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradigan organi hisoblanadi.

Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyishlari va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Qo‘mita raisining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.

Bosh boshqarma tarkibiga:

Sanitar tozalash sohasida metodologiya va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

Sanitar tozalash sohasida ishlarni tashkillashtirish;

Chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;

Iqtisodiy tahlil va sanitar tozalash bo‘yicha tariflar bo‘limlari kiradi.

Bosh boshqarma quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga, bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Bosh boshqarma o‘z vazifa va funktsiyalarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Bosh boshqarma faoliyati O‘zbekistan Respublikasi Davlat byudjeti va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindildar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– sanitar tozalash sohasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

– sanitar tozalash ishlarini belgilangan metodologiya asosida tashkil etish;

– chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar, maxsus vakolatli davlat organlari, tashkilot va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

– tegishli davlat idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda samarali sanitar tozalash tizimini tashkil etish;

– maishiy chiqindilarni hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, saqlash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish ishlarining samarali tizimini tashkil etish;

– chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ko‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi «Toza hudud» davlat unitar korxonalari, Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi, “CHIQINDILARNI QAYTA YUKLASH VA UTILIZASIYA QILISH” davlat korxonasi hamda ularning filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish;

– mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilar poligonlarining faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

– sanitar tozalash xizmatlari tariflari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
 

Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

– sanitar tozalash sohasida chiqindilar bilan ishlash sub’ektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;

– sanitar tozalash sohasini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

– yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun mutasaddi idoralarning hodimlaridan iborat ekspert, maslahat guruhlarini, ilmiy kengashlarini tashkil etadi;

– sanitar tozalash sohasiga oid davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi hamda ularning ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;

– vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan sanitar tozalash sohasini tartibda solish bilan bog‘liq zaruriy ma’lumotlarni talab kilib oladi;

– qattiq maishiy chiqindilar poligonlari va chiqindilarni yig‘ish maydonchalarini loyihalash, joylashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

– chiqindilar bilan ishlashga oid statistik ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

– iste’molchilarning umumrespublika hisobini shakllantiradi va yuritishda qatnashadi;

– chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar oldini olish chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

– sanitar tozalash sohasida tizimli muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

– chiqindilar bilan bog‘liq ishlar sohasida samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi «Toza hudud» davlat unitar korxonalari, Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi, “CHIQINDILARNI QAYTA YUKLASH VA UTILIZASIYA QILISH” davlat korxonasi va ularning filiallari boshliqlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash hamda attestatsiyasida ishtirok etadi;

– o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi.