Xizmatlar


Respublika bo‘yicha jami 116 ta sanitar tozalash korxonalari mavjud. Viloyatlar va Qoraqolpog‘iston Respublikasida 13 ta “Toza hudud” DUK boshqarmalari, tuman va shahar filiallari, Toshkent shahar “Maxsustrans” DUK hamda muqobil korxonalar tomonidan aholiga sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatib kelinadi.

Joylarda tashkil etilgan “Toza hudud” DUKlarda 7 ming nafarga yaqin xodim hamda 3 264 ta maxsus texnika faoliyat yuritadi. “Toza hudud” va “Maxsustrans” DUKlar tasarrufida 3 179 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi va 10 372 ta chiqindi konteynerlari mavjud.

Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida, hududiy “Toza hudud” DUKlari uchun maxsus texnika xarid qilish bo‘yicha” manzilli dastur doirasida 2020 yilda 122,6 mlrd. so‘m byudjet mablag‘lari hisobidan 225 ta maxsus texnikalar xarid qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 134 ta maxsus texnika uchun 105,5 mlrd. so‘mlik mablag‘lar moliyalashtirilib, jami 78 ta maxsus texnikalar yetkazib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 sentyabrdagi PQ–4845-son “ Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarga davlat-xususiy sheriklikni joriy etiladi va bu borada Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida joriy yilda qiymati 32,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan bo‘lgan 16 ta, 2021 yil davomida 46 ta loyiha amalga oshiriladi, buning natijasida 725 ta maxsus texnika, 64 ta chiqindilarni qayta ishlash, 43 ta chiqindilarni saralash uskunalari xarid qilinadi.

Bu esa o‘z navbatida, davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilayotgan hududlarda sanitar xizmat ko‘rsatish qamrov darajasining 100 foizga yetkazilishiga hamda 2 650 ta yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Sanitar tozalash xizmatari uchun aholi tomonidan to‘lovlarni onlayn amalga oshirish tizimini yaratilishi maqsadida, O‘zbekiston pochtasi, “Uzpaynet” MChJ qo‘shma korxonasi, “National Engineering Technologies” MChJ (MBANK – to‘lov tizimi), PAYME, UPAY va CLICK bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda, hududlarda jami 333 ta chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari mavjud bo‘lib, shundan, chiqindilarni ko‘mish joylari 310 tani, chiqindilarni utilizatsiya qilish joylari 23 tani tashkil etadi.

Jumladan:

– qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlari 235 ta;

– zaharli kimyoviy chiqindilarni ko‘mish maxsus poligonlari 14 ta (shunndan, 1 ta poligon Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan margimush tarkibli chiqindilar ko‘milgan joy);

– sanoat va qurilish chiqindilarini ko‘mish poligonlari 20 ta;

– foydalanib bo‘lingandan keyin ko‘mib tashlanadigan shlam to‘plash joylari (shlamonakopitel) 21 ta;

– kul-shlak tashlash joylari (foydali qazilmalarni qazib olishda va qayta ishlashda hosil bo‘ladigan suyuq va nam chiqindilarni saqlash joyi (xvostoxranilisha) 15 ta;

– radioaktiv va noradioaktiv chiqindilarni ko‘mish joylari 5 ta;

– chiqindilarni utilizatsiya qilish joylari 23 ta.

Bugungi kunda, 333 ta ob’ektdan 320 tasi (96 %) bo‘yicha chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish davlat kadastri ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan bo‘lib, mazkur ob’ektlar to‘liq pasportlashtirilgan.