"Nurota" davlat qo‘riqxonasida ona arxar bolalarini oziqlantirayotgan jarayoni fotoqopqonda muhrlandi
14.
06. 2023
16:16
2245
News

Qizil kitobga kiritilgan Qizilqum arxari (Severtsov qo‘yi) O‘zbekistondagi endemik tur hisoblanib, o‘tgan asrning 60-70-yillarida batamom yo‘qolish xavfi ostida qolgan. Maʼlumotlarga ko’ra, o‘tgan asrda Nurota tog‘larida 100-150 bosh arxar qolgan. “Nurota” davlat qo‘riqxonasi tashkil etilganidan keyin arxarlar populyatsiyasi qo‘riqxona hududida saqlab qolingan. 

Qo‘riqxona hududida ilmiy xodimlar va nozirlar tomonidan har yili bahorgi va kuzgi sanoq olib boriladi. Oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra ularning soni o‘rtacha 1400 taga yetganligi maʼlum bo‘ldi.

Olib borilayotgan doimiy muhofaza choralari natijasida qo‘riqxonada arxarlarning soni barqarorlashgan.

Useful resources