Buxoro viloyati: Peshku tumanida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi
30.
04. 2020
13:32
5939
Econadzor

Joriy yil 28 aprel kuni Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ekologik nazorat inspektsiyasi tomonidan ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida Peshko‘ tumani «Varaxsha» cho‘l hududida noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotgan fuqaro aniqlandi.

Holat yuzasidan mazkur qonunbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources