Davlat ekologiya qoʼmitasida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. 
22.
09. 2022
17:54
3719
Духовность и просвещение

“Yangi Oʼzbekiston – maʼrifatli jamiyat” kontsepsiyasi doirasida “Ona yurtim-oltin beshigim” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvda Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyati xodimi, shoira Zulfiya Moʼminova ishtirok etib, ona tabiatni asrash har bir insonning burchi ekanligi haqida soʼz yuritdi.

Shoira tabiat va Vatan jamolidan hayratlanish oʼzi uchun doimo ilhom manbai boʼlib kelganini taʼkidlar ekan, ekologlarning zimmasidagi masʼuliyatli vazifalarning ahamiyati yuzasidan oʼz fikrlarini bildirdi hamda tabiatni, onani ulugʼlovchi sheʼrlaridan oʼqib berdi.

Tadbirda Davlat ekologiya qoʼmitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbar-xodimlari qatnashdi.

Davlat ekologiya qoʼmitasi Matbuot xizmati

Полезные ресурсы