Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari berildi
09.
01. 2023
16:44
2932
Новости

O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ–812-son Qonuniga muvofiq chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiruvchi ayrim tadbirkorlik subyektlariga vaqtinchalik soliq imtiyozlari joryi etildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimchalar kiritilib, unga muvofiq chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lashlari belgilandi.

Mazkur qonun chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularda uzoq muddatli investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini rag‘batlantirish hamda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarning samarali tashkil etilishini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida aholi punktlarining sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘ligiga zararli taʼsirini oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish barobarida mamlakatda ekologik barqarorlikni taʼminlash imkonini beradi.

Полезные ресурсы