Mutaxassislar malaka oshirdilar
27.
01. 2023
18:12
3212
Новости

Tabiat resurslari vazirligida 26-27-yanvar kunlari hududiy boʻlinmalarning atmosfera havosini muhofaza qilish boʻlimlari boshliqlari va mutaxassislari uchun oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda taʼkidlangani kabi, mamlakatimizda barcha sohalar qatori ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ham bir talay ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, atmosfera havosini muhofaza qilish va turli darajadagi ifloslanishining oldini olish kabi vazifalar boʻyicha ham yuqori natijalarga erishilgan. 

Birgina 2022-yil davomida atmosferaga sanoat tashlamalari oldingi yilga nisbatan 909,0 ming tonnadan 762 ming tonnaga kamaygan. Bunda, 96 ta mavjud ishlab chiqarish va sanoat korxonalaridagi jami 362 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini taʼmirlash va yangilariga almashtirish ishlari, shuningdek, 43 ta yangi korxonalarda 307 ta shu kabi uskunalarni oʻrnatish ishlari amalga oshirildi. Natijada, atmosfera havosiga 10,0 ming tonnaga yaqin tashlamalar tashlanishining oldi olindi.

Sanoat korxonalari tomonidan koʻrilgan 486 ta chora-tadbirlar evaziga atmosfera havosiga yillik chiqariladigan 18,0 ming tonna ifloslantiruvchi moddalarning kamayishiga erishildi.

Tadbir davomida 2023-yil uchun bu boradagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Xususan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “2022-2023-yillarda respublikadagi yirik sanoat korxonalarida chang-gazlarni tutib qolish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi” doirasida 155 ta korxonada 700 dan oshiq chang-gaz tozalash uskunalarini sifatli va oʻz muddatlarida oʻrnatilishini taʼminlash;

- Fargʻona, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahri hududlari boʻyicha alohida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini sifatli bajarish;

- atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 99,5 foizdan past boʻlmagan chang-gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarning qoʻllanilishini taʼminlash.

Tadbir yakunida ishtirokchilar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Полезные ресурсы