Seminarda Ekologiya boshqarmasi xodimlari, Ekopartiya faollari va deputatlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda Buxoro viloyatida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoqli Dengizko‘l mavjud. Ramsar konvensiyasi ro‘yxatiga kiritilgan Dengizko‘l suvda suzuvchi qushlar monitoringi uchun muhim suv muhofaza obyekti hisoblanadi.
Bu yerda qushlarning 170 dan ortiq turini, xususan, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qushlarning 24 turi va Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro uyushmasi ro‘yxatiga kiritilgan 2 turini uchratish mumkin.
Seminarda mamlakatimizda suv-botqoqli hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ilmiy tadqiqotlar haqida ma'lumotlar berildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati