Namangan  viloyati Ekologiya boshqarmasida  “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.
03.
02. 2023
11:42
3492
Korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy tadbirlar

Tadbirda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bosh mutaxassisi F.Jalilov so‘z olib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining mazmun-mohiyatini hamda har bir xodim mehnat faoliyatida korrupsiyaviy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi tushuntirdi.

Shuningdek, tadbirda bosh mutaxassis Q.So‘pijanov qish mavsumida kuchli sovuqning mamlakatimiz hududiga kelishi oqibatida elektr energiyasi va tabiiy gaz yetishmovchiligi kuzatilayotganligi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda turli negativ fikrlar bildirilayotganligi haqida so‘z yuritib, xodimlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyot bo‘lishlari zarurligi hamda oila aʼzolarini ham doimiy nazoratga olishlari kerakligi tushuntirdi.

Shu bilan birga, tadbirda 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kuni bilan ushbu qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar xususida ham fikr-mulohaza bildirildi.

Полезные ресурсы