Yaponiyaning "Sansho" kompaniyasi Fargʻonada chiqindini qayta ishlash korxonasi loyihasini amalga oshiradi
07.
02. 2023
10:06
3674
Новости

Bu haqida Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning "Sansho" kompaniyasi prezidenti Akazava Masaki bilan o'tkazilgan uchrashuv davomida ma'lum qilindi.

Uchrashuvda Yaponiya kompaniyasi tomonidan Fargʻonada ikki bosqichda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan chiqindini qayta ishlash korxonasi loyihasini amalga oshirish jarayonlari muhokama qilinib, unda soha vakillari bilan birga  Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi boshligʻi Baxromjon Jumanov ham ishtirok etdi.

Taʼkidlanishicha, qiymati 10 mln AQSH dollari boʻlgan ushbu loyiha Fargʻona tumanining Satkak qishlogʻi yaqinida joylashgan markaziy chiqindixona hududida amalga oshiriladi.

Yaponiya kompaniyasi investitsiyasi hisobiga amalga oshiriladigan, qiymati 10 mln AQSH dollari boʻlgan mazkur loyihaning 3 mln dollarlik birinchi bosqichida Ekoshahar va uning atrofidagi hududlardagi chiqindilarni ajratish va qayta ishlash boʻyicha Yaponiya texnologiyasiga asoslangan ekologik toza korxonasini tashkil etish koʻzda tutilayotgan boʻlsa, ikkinchi bosqichda chiqindilarning qayta ishlash mumkin boʻlmagan qismini yoqish orqali elektr energiya ishlab chiqarishga asoslangan korxona barpo etish rejalashtirilgan.

Loyihaning birinchi bosqichi joriy yilning sentyabr oyiga qadar ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.

Farg'ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Полезные ресурсы