Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi inspektorlari hamda Sirdaryo viloyat  IIB JTSB xodimlari tomonidan hamkorlikda Oqoltin tumani hududida tungi reyd tadbiri oʻtkazildi.
22.
02. 2023
17:55
2826
Новости

Nazorat tadbirlari davomida Oqoltin tuman “A.Toirov” SIU hududidan oqib oʻtuvchi katta markaziy zovurdan fuqarolar A.T va A.A lar tomonidan elektr qarmoq yordamida 6 turdagi jami 26 dona (2 dona oq amur, 6 dona oq sla, 4 dona doʻngpeshona, 10 dona oqqayroq, 1 dona tovonbaliq va 3 dona boshqa turdagi) baliqlarni noqonuniy ravishda ovlaganlik holati aniqlandi.

 Dalil sifatida huquqbuzarlardan bir dona rezina qayiq, bir dona akkumulyator, elektr qarmoq va ovlangan baliqlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.T. hamda A.A.ga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 35 va 53-moddalari talabi buzilishi oqibatida hayvonot dunyosiga 25 740 000 soʻm zarar yetkazilganligi hisoblandi.

Mazkur  holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar  huquqiy baho berish maqsadida sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Полезные ресурсы