Tabiat resurslari vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining "Masdar" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o‘tdi
02.
03. 2023
20:30
2888
Новости

"Masdar" kompaniyasi – dunyodagi qayta tiklanadigan energiya sohasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya global muammolarini hal qilish uchun barqaror shahar rivojlanishi va toza texnologiyalarni tijoratlashtirish va joylashtirishga ko'mak beradi. 

Kompaniya O'zbekistonda ham yirik shamol va quyosh elekrostansiyalarini qurish bo'yicha yirik loyihalarini amalga oshirmoqda.

Uchrashuvda  "Masdar" kompaniyasining ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda yashil iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tish, yashil moliya tamoyillarini tatbiq etish, shaharlarni yashil rivojlantirish yoʻnalishlarida  hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston tomoni Zayd Barqarorlik mukofoti tanlovida ishtirok etishga taklif qilindi.

Ushbu mukofot Birlashgan Arab Amirligi tomonidan barqaror rivojlanish sohasidagi yutuqlar uchun beriladi. Mukofot 2008-yilda boʻlib oʻtgan “Kelajak energiyasi” jahon sammitida taqdim etilgan. Mukofot sogʻliqni saqlash, oziq-ovqat, energiya, suvdan samarali foydalanish kabi yoʻnalishlarda barqaror rivojlanish sohasidagi innovatsion yechimlari uchun beriladi.

Uchrashuv davomida joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining (CMS) 14-Tomonlar konferensiyasi COP-14 hamda BMT Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasini bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-yig'ilishi tadbirlariga taklif etildi.

Uchrashuvda Tabiat resurslari vaziri o'rinbosari J. Kazbekov ishtirok etdi.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Полезные ресурсы