Markaziy Osiyoda zoonoz kasalliklariga qarshi kurashish masalalari muhokama qilinmoqda
28.
03. 2023
14:20
3741
Новости

Poytaxtda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (Ittifoq) va Xalqaro iqlim tashabbusi (IKI) bilan birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyoda zoonoz kasalliklarining paydo boʻlishida landshaftlarning chidamliligini oshirish” loyihasining mintaqaviy seminari boshlandi. 

Mintaqaviy seminarning ochilishida Tabiat resurslari vaziri 
Aziz Abduxakimov ishtirok etib, mazkur tadbirning ahamiyatini yuqori baholadi. Mamlakatimizda bioxilma-xillikni asrash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib, ishtirokchilarni joriy yil 23-28-oktyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan BMT Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasining 14-tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14)ga taklif etdi.

29-martga qadar davom etadigan mazkur seminarda “Yagona salomatlik” tamoyilini integratsiyalashgan holda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmoqlarini kengaytirish va mustahkamlashga koʻmaklashish boʻyicha loyihaning umumiy mavzusi hamda “Tabiatni muhofaza qilishning boshqa samarali chora-tadbirlari” (OECM) muhokama qilinmoqda.

Ahamiyatlisi, mazkur mintaqaviy seminarda xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi, BMT Atrof-muhit dasturining Butunjahon monitoring markazi, 
Maykl Zukkov jamg‘armasi, Bonn konvensiyasi kotibiyati va London zoologiya jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.

Uch kunlik tadbir davomida loyihaning barcha asosiy va oʻzaro bogʻliq qismlari hamda tegishli tadbirlar tavsiflanib muhokama qilinadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar uchun Ittifoqnong Yashil roʻyxati standarti (GLPCA), uning tarkibiy qismlari va mezonlari, jumladan, adolatli va inklyuziv boshqaruv aspektlari, loyiha saytlari va maqsadli turlarni tanlash metodologiyasi taqdim etiladi.

Tasdiqlash bo'yicha seminar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni adolatli va inklyuziv boshqarish haqida xabardorlikni oshiradi. Yaxshi boshqariladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning, jumladan, “boshqa samarali tabiatni muhofaza qilish choralari” (OECM) ning ma’nosi va ahamiyati tavsiflanadi, amalga oshirishning keyingi bosqichi uchun rejalar muhokama qilinadi.

Полезные ресурсы