Rasmiy munosabat!
06.
06. 2023
16:59
2161
Новости

Ijtimoiy tarmoqlar orqali M. M. ismli shaxs yovvoyi qush bolasini 150 dollarga baholab, noqonuniy oldi-sotdi bilan shug‘ullanayotgani, uyida yosh yo‘lbarslarni saqlab kelayotgani, shuningdek, boyqush, bo‘ri bolasi, sher bolalarini uyida boqib kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Аyni paytda Ekologiya vazirligi xodimlari va “Ekologik patrul” guruhi tomonidan holat yuzasidan oʼrganish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha xabar berilishini maʼlum qilamiz.

Ma'lumot uchun, MJtKning 92-moddasiga ko‘ra, yovvoyi hayvonlarni noqonuniy sotish, saqlash, shuningdek, ularni o‘zboshimchalik bilan boshqa yerga ko‘chirish bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Полезные ресурсы