“Naʼmatak mevalari” Naʼmatak mevasi – Fructus rosae (Plodi shipovnika) Raʼnoguldoshlar – Rosaceae oilasiga kiradi.
27.
06. 2023
09:32
2344
Новости

Naʼmatak turlari bo‘yi 2 m ga yetadigan tikanli buta. May oyidan boshlab, iyulgacha gullaydi, mevasi avgust–sentyabrda pishadi. Naʼmatak turlari o‘rmonlarda, ariq bo‘ylarida, butalar orasida, tog‘larning quruq toshloq yon bag‘irlarida va boshqa yerlarda o‘sadi. Naʼmatakning ayrim turlari bir-biridan mevasining, novda po‘stlog‘idagi tikanning rangi, shakli, katta-kichikligi hamda novdadagi tikanlar soni va joylashishiga qarab farq qiladi. O‘simlikning mevasi avgust oyi oxiridan boshlab (qizil rangga kirgan vaqtda), kech kuzgacha yig‘iladi. Mevani yig‘ayotgan vaqtda qo‘lga tikan kirmasligi uchun brezent qo‘lqop kiyib olinadi.

Mahsulot tarkibida vitamin S, V2, K1, R, 12-18 mg% karotin, 18% atrofida qandlar, 4-5% oshlovchi moddalar, 2% atrofida limon va olma kislotalari, 3,7% pektin va boshqa moddalar bo‘ladi.

Naʼmatak o‘simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari naʼmatak mevasi qandolatchilik sanoatida mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo‘llaniladi.

Naʼmatak turlarining mevasidan karotolin preparati va naʼmatak moyi tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq-etli qismining moyli ekstrakti (tarkibida asosan karotinoidlar hamda tokoferollar, to‘yinmagan yog‘ kislotalar va boshqa moddalar saqlanadi) bo‘lib, tropik yaralar, ekzema, eritrodermitning baʼzi turlari va yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, shikastlangan joyga qo‘yiladi.

Полезные ресурсы