Сурхондарё вилояти: Жарқўрғонда ҳуқуқбузарлар қўлга тушди
29.
04. 2020
18:38
6913
Эконадзор

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tuman inspektsiyasi xodimlari tomonidan muntazam reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. Reydlar davomida huquqbuzarlikni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Jumladan Jarqo‘rg‘on tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd davomida «Mustaqillik» va «Paxtaobod» mahallasida yashovchi fuqarolar G.Ch. hamda Sh.S.lar uyidan hosil bo‘lgan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.

Aziz yurtdoshlar! Sanitar tozalash xizmati xodimlari mehnatining qadriga yetaylik! Zero, ular qat’iy karantin vaqtida tibbiyot, ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari bilan bir qatorda tunu kun mehnat qilmoqdalar!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Полезные ресурсы