Toshkent viloyatining Toshkent tumani va Chirchiq shahrida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini dxsh asosida boshqarish yuzasidan loyiha konseptsiyasi tasdiqlandi. Qiziqish bildirish uchun E’lon
16.
09. 2020
10:34
5704
Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-sonli “Sаnitаriya jihаtidаn tozаlаsh sohаsidа xizmаtlаr koʼrsаtish fаoliyatini аmаlgа oshirish uchun hududlаrni biriktirish tаrtibini tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа” gi qarori qabul qilingan.Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020 yil 10 avgustda o‘tkazilgan 63-yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining Toshkent tumani va Chirchiq shahrida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish yuzasidan loyiha kontseptsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) hamda vakolatli davlat organi (Agentlik) tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

  • Talablar :

    • Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha etarli darajada malaka tajribaga ega bo’lishi lozim
    • Moddiy va texnik jihatdan ta’minlangan bo’lishi lozim.

    Tenderda ishtirok etish istagi bo’lgan tomonlar o’zlarining qiziqish uchun so’rovlarini 2020 yil 31-oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20.00-ga qadar topshirishlari lozim.

    Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so’rov formasi  va xujjatlar (hisobotlar) to’liq hamda o`z vaqtida  taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.

Murojaat uchun:

DXSh agentligi tomonidan mas’ul shaxslar

E-mail : pppdauz@gmail.com

Biriktirilgan xodim: T.Irgashev
tel: 71 203-03-07, 93 590-51-11,  E-mail: TIrgashev@ppp.mf.uz

Davlat sherigidan mas’ul shaxslar

Murojaat uchun veb-sayt: eco.gov.uz
Biriktirilgan xodim: M. Xursanov, F. Babakulov
tel: 71 207-07-70 (1072#), 99 845-97-04, 98 128-97-22, 71 268-34-48

Фойдали манбалар