Ijtimoiy tarmoqlarda Rio olimpiadasi g‘olibi Fazliddin G‘oibnazarovning  ovda aks etgan video va suratlari yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
09.
01. 2023
21:43
2906
Янгиликлар

Rasmiy munosabat

O‘rganishlar davomida 2022-yilning 30-dekabr  kuni Toshkent viloyati Bekobod tumani Sirdaryo daryosida  fuqaro X.U tomonidan qushlar ovlangani va o‘ljalar bilan bevosita boshqa fuqarolar bilan birgalikda sportchi F. Gaibnazarov ham foto va videotasvirga tushganligi o‘z tasdig‘ini topdi. 

O‘rganishlar davomida ovni amalga oshirgan fuqaro X.U ning ov qilishga tegishli hujjatlari mavjudligi, u ovchilik jamiyatidan ro‘yxatdan o‘tganligi aniqlandi. 

Biroq, u ov jarayonida belgilangan meʼyorlarga amal qilmagan holda ov qilish qoidalarini qo‘pol tarzda buzganligi va bu bilan tabiatga zarar yetkazganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasiga asosan, huquqbuzarga nisbatan jarima va hayvonot olamiga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanib, ov qurollari Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIBga belgilangan tartibda topshirildi.

Yuqoridagi holat yuzasidan barcha ishtirokchilardan bunday holat boshqa takrorlanmasligi to‘g‘risida tushuntirish xatlari olinib, profilaktik suhbat o‘tkazildi.  

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Фойдали манбалар