Yo'llarga sepilgan tuz atrof-muhitga qanday zarar yetkazadi?
20.
01. 2023
17:05
3167
Янгиликлар

Qishning ayozli kunlarida tozalik va obodonlashtirishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar tomonidan magistral yo’llar, shahar ko'chalari va qishloq yo'llarini qor va muzdan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Bunda tuz-qum aralashmalari sepilib, harakat xavfsizligi ta’minlanmoqda.

Avtomobil yo‘llarini muzdan tozalash ishlarida tuzdan foydalanilanadi. Muz ustiga tuz sepilsa, uning elementlari ajralib, erigan modda hosil qiladi. Oddiy qilib aytganda, natriy va xlorid ionlari suyuq muz suvga aylanadi.

Bu borada rivojlangan davlatlarning tajribasini o’rganish muhimdir.

AQSHda o'tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, tuz atrof-muhitda to'planib, ayrim ekotizimlar va inson salomatligi uchun yangi xavf tug'dirishi mumkin.

AQSh shimoliy-sharqiy hududining 37 foizida so'nggi 50 yil ichida sho'rlanish ko'paygan, sovuq va nam hududlarda yo'l tuzi asosiy ifloslantiruvchi modda ekanligi aniqlangan. Tuzning yer osti ichimlik suv manbalariga ham salbiy ta’siri kuzatilgan.

Jumladan, Sharqiy Fishkillda (Nyu-York) olingan xususiy ichimlik suvi quduqlarining yarmidan ko'pi natriy uchun belgilangan me’yorlardan oshib ketgan. Eng yaqin yo'lgacha bo'lgan masofa va yaqin atrofdagi yo‘llar  quduq suvining sho'rlanishiga ta'sir ko'rsatgan.

AQSh Geologiya xizmati tomonidan 2014-yilda o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, o'rganilgan shahar suv havzalarining 84 foizida xlorid miqdori ko'tarilgan. Asosuy manba sifatida yo'l tuzi aniqlangan. Xlorid ionlari suvdagi hayot uchun zaharli hisoblanadi. Hatto past konsentratsiyalar chuchuk suv ekotizimlariga zararli ta'sir ko'rsatishi, suv havzalarida kislorodning kamayishiga ham olib kelishi mumkin.

"Agar tuzi bo'lgan suv oqim chuchuk suvli ko'lga yoki daryoga tushsa, u tubiga cho'kishga moyil bo'lib, uning ustidagi suv bilan gaz almashinuviga to'sqinlik qiladigan zich qatlam hosil qiladi", deydi Endryu Juhl. "Bu baliq va boshqa suv mavjudotlari uchun zararli bo'lgan kam kislorodli sharoitlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin."

Umuman olganda, qish faslida yo'llarni xavfsiz saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish muhim masaladir. Biz sho’rlanishni nafaqat e'tiborga olishimiz, balki uning oldini olish choralarini ko'rishimiz, bu borada ilmiy tadqiqotlar, har tomonlama asoslangan ilmiy ishlanmalarni rivojlantirishimiz kerak. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda yog‘in-sochin suvlarini boshqarish, yigish, dastlabki tozalash va zararsizlantirish masalalariga ham e’tibor qaratishimiz lozim. 

Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boshqarmasi

Фойдали манбалар