Xabar berilganidek, Global yashil o'sish instituti (GGGI)ning O'zbekistondagi vakolatxonasi faoliyat boshlaganiga bir yil bo'ldi
16.
02. 2023
18:26
3104
Янгиликлар

Shu munosabat bilan poytaxtimizda GGGIning bosh direktori  doktor Frank Raysberman, O'zbekistondagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar hamda xalqaro tashkilotlar rahbar va vakillari ishtirokida tashkil etilgan tadbir bugun ham o'z ishini davom ettirdi. 

Tadbirda Global yashil o'sish instituti GGGIning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidanmamlakatimizda yashil o'sish va iqlim barqarorligi bo'yicha maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan va 2023-2027-yillarga mo'ljallangan “Mamlakatdagi hamkorlik rejasi” (CPF) taqdimoti o'tkazildi. Aytish o'rinliki, CPF 5 yillik strategik hujjat boʻlib, GGGIning yashil o'sish loyihalarini amalga oshirish orqali O'zbekistonning ekologik barqaror iqtisodiy o'sishni taʼminlashda kutilayotgan istiqbolli chora-tadbirlarni qo'llab-quvvatlash maqsadlarini  o'z ichiga qamrab olgan. 

GGGI O'zbekiston hukumati, xususiy sektor, xalqaro tashkilotlar va yashil iqlim moliya institutlari bilan hamkorlikda CPF strategiyasida quyidagi besh yo'nalishdagi dasturiy yechimlarni taqdim etmoqda:
• Yashil investitsiyalar;
• Iqlim o'zgarishining oldini olish bo'yicha harakatlar;
• Iqlimga chidamli qishloq xo'jaligi va barqaror o'rmonlar;
• Chiqindilarni qayta ishlash va boshqarish;
• Yashil binolar va yashil sanoat.  

Tadbirda ushbu loyihalar taqdimotidan so'ng ishchi guruhning maslahatlashuvi boʻlib oʻtdi. Unda qatnashchilar strategik loyiha yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

17-fevral kuni Global yashil o'sish instituti GGGIning Bosh direktori doktor Frank Raysberman va GGGIning Oʻzbekiston vakolatxonasida faoliyat yuritayotgan masʼullar Qoraqalpogʻiston Respublikasida bo'lishi rejalashtirilgan.

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Фойдали манбалар