Keyingi paytlarda poytaxtimizda ham daraxtlarning tag qismini betonlash, sunʼiy chim qoplamasini yotqizish, shuningdek, yoritish chiroq moslamalarini oʻrnatish kabi holatlar kuzatilmoqda.
07.
03. 2023
02:42
2720
Янгиликлар

Bu kabi salbiy holatlarning bartaraf etish maqsadida Tabiat resurslari vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan jamoatchilik va ekofaollar bilan birgalikda shahar miqyosida ekologik nazorat va targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining Mirzo Ulugʻbek tumanida daraxtlarning tag qismi betonlab ketilganligi toʻgʻrisidagi murojaati tezkorlik bilan oʻrganilib, holat bartaraf etildi.

Shuningdek, Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasida joylashgan bolalar oʻyingohidagi mavjud daraxtlarning tag qismiga sunʼiy chim qoplamasi yotqizilganligi toʻgʻrisida kelib tushgan murojaat ham oʻz vaqtida oʻrganildi va daraxt sunʼiy chim qoplamasidan ozod qilindi.

Toshkent shahri boʻylab bu kabi ekologik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Shu oʻrinda atrof-muhit muhofazasiga befarq boʻlmasdan, bizga yaqindan yordam berayotgan yurtdoshlarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Tabiat resurslari vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati

Фойдали манбалар