Oʻlkamiz tabiatiga bagʻishlangan kitob nashrdan chiqdi
10.
03. 2023
17:54
3195
Янгиликлар

Kitobda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining yovvoyi tabiati, xususan, “Hisor” va “Surxon” davlat qoʻriqxonalari, oʻrmon xoʻjaliklari hududidagi noyob tabiiy yodgorliklar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, togʻ qishloqlarining maftunkor manzaralari, aholisining oʻziga xos turmush tarzi, qadriyatlari keng yoritilgan. 

Bundan tashqari, Oʻzbekistonning eng baland maskanlari - Hazrati Sulton, Xoʻja Pir-pir ota, Osmontalash choʻqqilari, Sherlar darasi, Amir Temur, Chilsim, Zarautsoy, Ajinakamar, Teshiktosh, Xoʻjaipok gʻorlari, yuksakligi 500 metrlik Bibishoy shotisi, Xomkon koʻli, qadimiy dinozavr izlari, Sangardak, Hoʻkizburun, Baytaldumi sharsharalari, Qizildaryo, Tanhozdaryo, Oqsuv daryosi, tabiiy oʻrmonlar, sersuv buloqlarga alohida toʻxtalgan.

Kitob muallifi Abdulla Mamasodiqov 2013-2018-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo boʻylab” telekanalida faoliyat yuritib, “Ekspeditsiya” koʻrsatuvini tayyorlagan va oʻlkamizning tilsimlarga boy eng chekka hududlariga xizmat safari bilan borgan. Ushbu kitob jurnalistning sayohatlari davomida koʻrgan-kechirganlari, taassurotlari, hayajonlari asosida yuzaga kelgan. 

Oʻylaymizki, kitob yurtimiz tabiati va tarixiga qiziquvchialar uchun ayniqsa, manzur boʻladi.

Фойдали манбалар