Germaniyaning “KfW” banki bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
14.
03. 2023
16:17
2752
Янгиликлар

Tabiat resurslari vazirligida Germaniyaning “KfW” bankining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi direktori Andreas Shnayder boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, Oʻzbekistonda yashil moliya va yashil iqtisodiyot tamoyillarini tatbiq etish, “Yashil makon” umumilliy loyihasini amalga oshirish, yirik sanoat korxonalariga subsidiyalar va preferensiyalar berish orqali xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash kabi masalalarda hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish takliflari ilgari surildi. 

Uchrashuv davomida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik jarayonida ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan loyihalarni keng yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi. 

Xususan, chiqindilarni boshqarish sohasini hamda atrof tabiiy muhit monitoringi yoʻnalishini toʻliq avtomatlashtirish va raqamlashtirish borasida ilgʻor nemis tajribasini qoʻllash, bu borada Germaniyaning yirik kompaniyalarini hamkorlik qilish uchun jalb qilish masalalariga muzokaralar davomida toʻxtalib oʻtildi.

Uchrashuv yakunida nemis tomonni bu yil Samarqand shahrida ekologiya va atrof-muhit sohasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan uchta yirik nufuzli tadbirda faol ishtirok etishga taklif etildi.

Uchrashuvda Tabiat resurslari vaziri oʻrinbosari J. Kazbekov ishtirok etdi.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Фойдали манбалар