Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 193-umumtaʼlim maktabida daraxt ekish tadbiri oʻtkazildi.
17.
03. 2023
16:18
3674
Янгиликлар

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida taʼlim dargohlari hududlariga ham turli manzarali va mevali daraxt koʻchatlari oʻtqazilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus yashil hududlarning koʻpayishiga zamin yaratishi bilan birga oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida ona tabiatni asrash bilan bogʻliq qadriyatlarning davom etishiga xizmat qiladi. 

Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Green Standard” shiori ostidagi ijtimoiy loyiha ham ana shu ezgu maqsaddan kelib chiqib hayotga tabiq etilmoqda.

Markaz xodimlari, maktab maʼmuriyati va ekovolontyorlar ishtirok etgan ushbu tadbirda tashkilotchilar tomonidan oʻquvchilarga daraxt ekish ota-bobolarimizning milliy qadriyati ekanligi, atrof-muhit muhofazasiga barchamiz masʼul ekanligi boʻyicha tushuntirishlar berildi. 

Shundan soʻng maktab hududiga manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Фойдали манбалар