Tabiat resurslari vazirligi tomonidan Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Mingtepa mahallasi hududiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi obyektiviga chiqindi bilan bog‘liq noqonuniy holat muhrlandi.
Videoda “Toyota” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi qonunga xilof ravishda mahalla hududiga noqonuniy tarzda chiqindilarni tashlab ketayotgani aks etgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 91prim 1-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari (300 000 so'm) miqdorida maʼmuriy jarima belgilandi.
Unutmang! Tabiatni asrash o‘z qo‘limizda. Atrof-muhit tozaligiga har birimiz mas'ulmiz.