Suv, energetika, oziq-ovqat va ekotizimlar mavzusidagi ma’ruzada ishtirok eting
17.
04. 2023
11:26
2760
Янгиликлар

USAID mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi Markaziy Osiyo uchun WEFE Nexus maʼruzalarini davom ettiradi va sizni WEFE Nexus tushunchasini toʻgʻri shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining roli haqidagi maʼruzada ishtirok etishga taklif qiladi.

Sana: 19 aprel, soat 16:00, rus tilida, onlayn.

Ma'ruzachi: Anjelina Davidova, ekologiya sohasi bo'yicha jurnalist, "Eurasian Climate Brief" podkasti hammoderatori, "Ecology and Law" jurnali muharriri, n-ost iqlim loyihalari koordinatori (Berlin), 2008-yildan beri BMTning iqlim bo'yicha muzokaralari kuzatuvchisi.

Ma'ruza quyidagi mavzularga bag'ishlanadi:
— ekologik muammolar xalqaro maydonda qanday yoritilmoqda;
— tarmoqlararo hamkorlik masalalarini muhokama qilish va yoritishda jurnalistlar qanday qiyinchiliklarga duch kelishadi;
— yondashuv haqida to'g'ri tushuncha shakllantirish uchun WEFE Nexus o'zaro bog'liqlik masalalarini ommaviy axborot vositalarida qanday qilib to'g'ri yoritish kerak?

Ta’kidlash kerakki, “WEFE Nexus” tushunchasi (Water – Energy – Food – Ecosystem — suv, energetika, oziq-ovqat va ekotizimlar) tabiiy resurslarning barqaror rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Hozirgi vaqtda ushbu yondashuv butun dunyoda suv – energetika – oziq-ovqat xavfsizligini barqaror asosda ta'minlashda eng samaralisi sifatida tan olingan. Biroq Markaziy Osiyo mamlakatlarida bu tushuncha keng shakllanmagan. 

“Nexus” yondashuvi resurslardan oqilona foydalanishda tabiat resurslari o‘rtasidagi o'zaro munosabatlarni to'g'ri tushunishni talab qiladi. Bunda esa OAVning aholiga yangicha yondashuvni targ‘ib etish, atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali foydalanish masalalarini yetkazishdagi o‘rni muhimdir.

Roʻyxatdan oʻtish va tadbirda ishtirok etish uchun: https://us06web.zoom.us/meeting/register/tZIpdOqrrzwiE9y6Oqipt2gn4SrP0GUY8DOE

Фойдали манбалар