Juma kuni “Avtomobilsiz kun” sifatida nishonlanadi
26.
04. 2023
10:10
3240
Янгиликлар

10-apreldan 10-mayga qadar Respublika boʻylab “Toza havo” oyligi bo‘lib o‘tmoqda. 

Shu munosabat bilan barcha vazirlik, idoralar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarini “Toza havo” oyligi doirasida haftaning maʼlum bir kunini “Avtomobilsiz kun” sifatida nishonlashga chaqiramiz. Bundan maqsad avtotransport vositalarining atrof-muhitga taʼsirini yanada kamaytirishdir.

Har haftaning juma kuni davlat tashkilotlari, aholining keng qatlami orasida shaxsiy avtomobillardan voz kechish va jamoat transportidan ko‘proq foydalanishni taʼminlash, insonlarning sogʻlom turmush tarziga rioya qilgan holda velosipeddan foydalanishlarini tashkil etish, aholi orasida velosipedning salomatlik va atrof-muhitga foydali ekanligi yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish tavsiya etiladi.

Фойдали манбалар