Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan chiqindi tashlash bilan bog‘liq yana bir huquqbuzarlik aniqlandi.
Ma'lum bo‘lishicha, Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi fuqaro o‘z boshqaruvidagi avtomobilda belgilanmagan joyga chiqindi tashlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida (1 500 000 so‘m) so'm jarima qo'llanildi va undirildi.
Unutmang! Atrof-muhit tozaligi uchun har birimiz mas'ulmiz.