Daraxtlar kesildi. Xo‘jalik mudiri 34 980 000 so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
11.
05. 2023
11:40
1796
Янгиликлар

Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent shahri Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida daraxtlar kesilganligi" haqida xabar tarqaldi.

Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan holat o‘rganildi. Natijada Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi daraxtlarni sanitar butalashga ruxsat berilgani, ammo butalash qoidalariga amal qilinmay, daraxtlarga zarar yetkazilgani ma'lum bo‘ldi.

O‘rganish natijasida daraxtlarni noto‘g‘ri butalash orqali 31 680 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.  Holat yuzasidan MJtKning 79-moddasiga ko‘ra ilmiy-amaliy markazning xo‘jalik ishlariga mas'ul bo‘lgan X.V. 3 300 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Huquqbuzardan jami 34 980 000 so‘m undiriladigan bo‘ldi.

Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Фойдали манбалар