BMT Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi
11.
05. 2023
17:26
3093
Янгиликлар

O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga rasmiy tashrifi doirasida Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Yevropa va MDH boʻyicha byurosi direktori I. Zivkovich va BMTTDning Tabiat, iqlim va energetika boʻyicha direktori P. Kurukulasuriya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar amalga oshirilayotgan qo‘shma dastur va tashabbuslar doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekotizimlarni tiklash sohasida ikki tomonlama hamkorlikka e’tibor qaratdilar.

Shu bilan birga, BMT tomoni Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni alohida ta’kidladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan va Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirishga qaratilgan BMT Bosh Assambleyasining Maxsus rezolyutsiyasini yuqori baholadi. 

Uchrashuv yakunida Global ekologik jamg‘armasi (GEF) va Yashil iqlim jamg‘armasi (GCF) grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, hozirda bu portfel umumiy qiymati 20 million dollarlik 7 ta grant loyihasini o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, BMTTD rahbariyati Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning uchta yirik tadbiri – choʻllanish boʻyicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etildi.

Фойдали манбалар