Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini o‘rganishga bag‘ishlangan trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi
12.
05. 2023
11:49
1766
Янгиликлар

Tabiat resurslari vazirligi xodimlari yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga doir treningda ishtirok etdi

Tabiat resurslari vazirligi, vazirlik huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalari xodimlari yangi mehnat kodeksini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotida qatnashishdi.

O‘quv mashg‘uloti Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan  tashkil etildi. Unda 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga asosan xodimlarning mehnat munosabatlarini tartibga solish, kasbiy sifatlarini rivojlantirish hamda mehnat huquqlarini himoya qilish haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida seminar-treninglar tashkil qilinib, yangi mehnat kodeksi nega qabul qilingani, uning alohida jihatlariga to‘xtalib o‘tildi. 

Bundan tashqari, kasaba uyushmalarining xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni, mehnat shartnomasiga oid yangi mexanizmlar va ularning ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi. 

O‘quv mashg‘ulotlari davomida, shuningdek, ish vaqti, ishdagi tanaffuslar, mehnatga haq to‘lash, mehnatni normallashtirish masalalari, mehnat intizomi, xizmat tekshiruvi, kafolatli va kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish, taraflarning moddiy javobgarligi, mehnat nizolarini ko‘rib chiqish va boshqa o‘zgarishlar haqida tushuntirish berildi.

Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Фойдали манбалар