“Wiki Yerni sevadi” xalqaro fototanlovi boshlandi
17.
05. 2023
10:31
2294
Янгиликлар

15-may kuni “Wiki Yerni sevadi” xalqaro fototanlovi boshlandi. (http://eco.gov.uz/uz/site/news?id=3146) Tanlovda 43 ta davlat qatorida O‘zbekiston ham qatnashmoqda. 

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar – qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, manzarali hududlar, landshaft zonalari, bog‘lar suratlarini to‘plash, "Wikipediya" Butunjahon ensiklopediyasi va "Wikimedia" jamg‘armasining boshqa loyihalaridagi maqolalarni illyustratsiya qilishdan iborat.

Ta’kidlash kerakki, o‘zbekistonlik suratkashlar keng jamoatchilik e’tiborini mamlakatimiz tabiatiga, ekologik turizmni rivojlantirishga jalb etish maqsadida mazkur tanlovda ishtirok etmoqda. 

Ma'lumot uchun, tanlovning Respublika bosqichi o‘zbekzabon vikimediachilar guruhi tomonidan Rossiyaning “Викигид” hamjamiyati a’zolari bilan hamkorlikda UNESCO, O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi va "Wikimedia Foundation" ko‘magida tashkil etiladi.

Bu yil tanlov ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: landshaftlar (agar ular tabiiy yodgorlik bo‘lsa, alohida daraxtlar ham) va makro suratga olish (hayvonlar, o‘simliklar, qo‘ziqorinlar).
Mahalliy miqyosda 10 tagacha g'olib aniqlanadi. Xalqaro hakamlar hay’ati har bir nominatsiyadan 10 tagacha bo‘lgan 20 tagacha fotosuratni tanlaydi.

Xalqaro miqyosda TOP-20 ga kirish uchun har bir muallifdan ikkitadan ko‘p bo‘lmagan fotosurat tanlab olinadi.

Tanlov gʻolibi va sovrindorlari Tabiat resurslari vazirligi va “Wikimedia Foundation” tomonidan munosib taqdirlanadi.

“Wiki Yerni sevadi” xalqaro fototanlovi 15-iyungacha davom etadi.

Tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: 
https://commons.wikimedia.org/wiki/Commons:Wiki_Loves_Earth_2023_in_Uzbekistan

Фойдали манбалар