Toshkentda qush va hayvonlarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
18.
05. 2023
14:53
3177
Янгиликлар

Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari va tuman inspeksiyasi xodimlari hamkorligida Olmazor tumani, Istiqlol MFY,  Qoraqamish 2/1 dahasida joylashgan qush bozorida reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir davomida 40 ta sa'va, 15 ta toshbaqa va 10 ta tipratikan noqonuniy tarzda sotilayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga ogohlantirish berildi. Shuningdek, qushlar tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilib, toshbaqa va tipratikanlar hayvonot bog‘iga vaqtinchalik topshirildi. 

Unutmang! Qushlar yoki hayvonlarning noqonuniy savdosi bilan shug'ullanganlik qonunda qat'iy javobgarlik belgilangan. Ya'ni bunday huquqbuzarlik MJtKning 90-moddasi 1-qismiga ko‘ra BHMning 10 – 15 barobari miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi.

Yuqoridagi kabi noqonuniy holatlarga duch kelsangiz, Tabiat resurslari vazirligining 11-57 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

Фойдали манбалар