Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi, IIB YPX va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida reyd tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida fuqaro A. N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani tog‘li hududlaridan noqonuniy ravishda, hech qanday ruxsatnomalarsiz 11 ta bulbulni ovlaganligi aniqlandi.
Huquqbuzardan noqonuniy ov qurollari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Qushlar esa tabiat bag‘riga qo‘yib yuborildi.
Holat yuzasidan A.N.ga nisbatan MJtKning 90-modda 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U hayvonot dunyosiga 3 630 000 so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlandi. Shuningdek, huquqbuzarga nisbatan 3 300 000 soʻm jarima belgilandi.
Huquqbuzar jami 6 930 000 so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.