Koreya kompaniyasi bilan Chirchiq daryosini ifloslanishdan asrashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda
19.
05. 2023
11:45
3725
Янгиликлар

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Janubiy Koreyaning “Geostory” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi grant loyihasini amalga oshirmoqda.

Mazkur loyiha Janubiy Koreyaning Atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) tomonidan moliyalashtirilgan. Loyihadan koʻzlangan maqsad – Chirchiq daryosi havzasida suv ifloslanishini aqlli boshqarish tizimi va Atrof-muhit monitoringi markazini tashkil etishdir. 

Ma’lumot uchun, ayni damda “Geostory” kompaniyasi vakillari O’zbekistonda bo’lib turibdi. Tashrifdan maqsad suv resurslarini boshqarishning aqlli tizimini joriy qilish va atrof-muhit monitoringi markazini tashkil etish yo’nalishida hamkorlikning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash hisoblanadi. 

“Geostory” kompaniyasi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va ilmiy tadqiqot instituti masʼul xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi Chirchiq daryosi havzasini ko‘zdan kechirishdi.

Tashrif 22-maygacha davom etadi.

Фойдали манбалар